O‘zbekiston | 07:37 / 12.09.2024
10532
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati prokurori Qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari bo‘ldi

Sirojiddin Eshquvvatov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari sifatida ish boshladi. Kozim To‘laganov ushbu lavozimdan ozod etildi.

Foto: Qurilish vazirligi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari tayinlandi.  

Qurilish vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu lavozimda Sirojiddin Eshquvvatov ish boshladi.

Tayinlovga qadar S.Eshquvvatov Toshkent viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘z navbatida, Kozim To‘laganov Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Sirojiddin Eshquvvatov 1980 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 2009 yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan. 

2011−2014 yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eshquvvatov 2022 yilning dekabrdan tayinlovga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlagan, 2023 avgust oyida Toshkent viloyati prokurori etib tayinlangan. 

Mavzuga oid