Jamiyat | 08:05 / 12.09.2024
2587
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi jarohatlandi

1997 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-2 rusumli avtomashinasi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan Iveco yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida 11 sentabr kuni soat 17:15 larda YTH sodir bo‘ldi. 

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan X.M. Nexia-2 rusumli avtomashinasining rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida harakatsiz turgan haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan R.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Iveco yuk avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Nexia-2 haydovchisi X.M. va yo‘lovchisi B.A. tan jarohati olgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid