Shavkat Mirziyoyev Samarqandga bordi
Samarqandda Germaniya kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga ilk tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.
Bugun Germaniya federativ respublikasi federal kansleri Olaf Shols mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelmoqda.
Bo‘lajak muzokaralarda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Bu Sholsning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi bo‘ladi va unga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida «katta biznes delegatsiyasi» hamrohlik qiladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Samarqand shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston-Germaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
«Savdo-iqtisodiy, texnologik va investitsiyaviy-moliyaviy sheriklikni kengaytirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, mehnat migratsiyasi, ekologiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm va boshqa yo‘nalishlarda faol aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari bo‘yicha fikr almashiladi», deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.
Dastur doirasida O‘zbekiston prezidenti va Germaniya federal kansleri ikki mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv ham o‘tkazadi.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
09:55 / 20.12.2024
Shols va Tramp telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qildi
22:59 / 19.12.2024
Tashqi qarz bosimi: koalitsiya tarqadi, Shols yutqazishi mumkin
21:27 / 16.12.2024