AQSh FZT 2020 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Bazaviy foiz stavkasi yillik 4,75-5,25 foizgacha pasaytirildi. Bungacha u bir yildan ko‘proq vaqt davomida so‘nggi 20 yil ichida eng yuqori darajada edi.
Mamlakatning markaziy banki bo‘lib xizmat qiluvchi AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) bazaviy foiz stavkasini 50 punktga — yillik 4,75–5,25 foizgacha pasaytirdi. Bu haqda tashkilotning 18 sentabr, chorshanba kuni chop etilgan press-relizida aytiladi.
Bazaviy foiz stavkasi bir yildan ko‘proq vaqt davomida 20 yil ichida eng yuqori darajada bo‘ldi. Uning darajasi yillik 5,25-5,5 foizni tashkil etdi. Foiz stavkalarini oshirish siyosati Federal zaxira tizimi tomonidan maksimal bandlikka erishish va inflatsiyani ikki foizga kamaytirish, keyin esa mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi. Tashkilotning press-relizida ushbu maqsad sari olg‘a siljish qayd etilgan, biroq ayni paytda inflatsiya darajasi «biroz yuqori»ligicha qolmoqda», deyiladi nashrda.
FZT 2022 yilning mart oyida AQShda rekord darajadagi inflatsiya tufayli stavkalarni oshirishni boshladi. Bu davr mobaynida kurs ketma-ket 11 marta ko‘tarildi. FZTning navbatdagi stavka bo‘yicha yig‘ilishi 6-7 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024