O‘zbekiston va Britaniya bo‘lajak diplomatlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya Diplomatik akademiyasi direktorining sobiq o‘rinbosari Ian Proud bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi munosabatlarning bugungi holati yuzasidan fikr almashildi va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida tajriba va bilim almashish, kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, akademik almashinuv imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Britaniya diplomatik ta’lim tizimida ko‘p yillik tajribaga ega Ian Proud O‘zbekistonda xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturlarini rivojlantirishga ko‘maklashishdan manfaatdorligini bildirdi.
O‘zbekiston elchisi mamlakatda ta’lim sifatini oshirish uchun xalqaro aloqalar va hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
Tomonlar O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator qo‘shma tadbirlarni belgilab oldilar va o‘zaro muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
11:14 / 02.12.2024