Iqtisodiyot | 08:10 / 20.09.2024
5163
2 daqiqa o‘qiladi

Yirik supermarketlarda ayrim mahsulotlar narxi arzonlashdi

Monitoring natijalari 8 nomdagi mahsulot - olma, pomidor, karam, limon, grechka, tovuq go‘shti, piyoz, shakar bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oyga nisbatan pasayganini ko‘rsatdi. 

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024 yilning sentabr oyida Toshkentdagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.

Monitoring natijalari 8 nomdagi mahsulot — olma, pomidor, karam, limon, grechka, tovuq go‘shti, piyoz, shakar bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oyga nisbatan pasayganini ko‘rsatdi. Tahlil 8 avgust va 12 sentabr kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida qilindi.

Shunday qilib, olmaning minimal narxi 28,2 foiz, pomidorniki 18,7 foiz, karamniki 15,9 foiz, limonniki 13,8 foiz, grechkaniki 5,9 foiz, tovuq go‘shtniki (file) 3,1 foiz, sariq piyozniki 2,0 foiz, shakarniki 1,6 foiz pasaygan.

To‘qqiz nomdagi mahsulotning minimal narxlari esa oshgan. Narxining oshishi bo‘yicha kartoshka yetakchi bo‘ldi. Bu esa mavsumiy omil bilan bog‘liq. 

To‘rt nomdagi mahsulotning eng past narxlari esa o‘zgarishsiz qolgan. Ularning orasida bug‘doy uni, guruch, qizil sabzi va tuxum bor.

Mavzuga oid