Kuvayt O‘zbekistondagi DXSh loyihalarida ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston elchisi Ayub Yunusov Kuvayt Investitsiyalar agentligi ijrochi direktori G‘anim Sulaymon al-G‘animan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Diplomatik missiya rahbari O‘zbekistonda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes-qulayliklar, ularga taqdim etilayotgan imtiyozlar, xususiylashtirish jarayonlari va davlat-xususiy sheriklik loyihalari haqida batafsil so‘zlab berdi.
Kuvayt Investitsiyalar agentligi ijrochi direktori uchun ustuvor tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.
Kuvayt Investitsiyalar agentligi ijrochi direktori G‘anim Sulaymon al-G‘animan so‘nggi yillarda O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati yuksalib borayotganini yuqori baholadi. Shuningdek, u taqdimoti o‘tkazilgan etilgan barcha investitsiyaviy loyihalarni o‘rganib chiqish va ularni Kuvayt investitsiyalari asosida amalga oshirish uchun hamkorlikka tayyorligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida, Kuvayt Investitsiyalar agentligi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy safarini uyushtirish va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi loyihalarda kuvaytlik investorlarning ishtirokini O‘zbekistonning tegish vazirlik va idoralari bilan muhokama qilish maqsadida onlayn muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida ahdlashib olindi.
Mavzuga oid
14:52 / 29.11.2024
O‘zbekistonda chiqarilgan tekstil mahsulotining Kuvaytga eksporti ortadi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
14:30 / 02.11.2024