O‘zbekiston | 14:58 / 28.09.2024
1719
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari Nyu-Yorkda Kuvayt tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jadal kengayib borayotgani qayd etildi.

Foto: dunyo.info

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Nyu-York shahrida Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyo janoblari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. 

O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jadal kengayib borayotgani qayd etildi.

Oldinda mamlakatlarni barcha darajalarda tadbirlarni o‘z ichiga olgan boy kun tartibi kutayotgani aytildi.

Mavzuga oid