O‘zbekiston | 13:30 / 30.09.2024
2333
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov bosh kotibni BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi boshlangani va Kelajak sammiti muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

Foto: TIV

Nyu-Yorkda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

"BMT bosh qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Janobi Oliylari bilan uchrashishdan mamnunmiz, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining salomini yetkazdik va Bosh kotib janoblariga BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasi boshlangani va Kelajak sammiti muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladik".

Qayd etilishicha, BMT rahbariyati va tuzilmalarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlashi yuksak qadrlanadi.

Mavzuga oid