Jamiyat | 22:42 / 02.10.2024
12410
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida ko‘prik qulab tushdi 

Holat ko‘prik ustidan og‘ir yuk mashinasi o‘tayotganda sodir bo‘lgan va uning tirkamasi kanalga qulab tushgan. 

Toshkent viloyati Piskent tumanida ko‘prik qulab tushgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun 2024 yil 2 oktyabr kuni soat 20:00 larda sodir bo‘lgan. 

37 yoshli haydovchi “Hovo” yuk mashinasini boshqarib ketayotib Piskent tumani hududidan o‘tgan Nurafshon-Piskent avtomobil yo‘lining 12-kilometrida joylashgan ko‘prik ustidan o‘tayotganda u qulab tushgan. 

Oqibatda yuk mashinasi tirkamasi Polvonov nomli kanalga tushib ketgan. Hodisa sodir bo‘lganda ko‘prik tepasida odamlar bo‘lmagan. Haydovchi ham jarohatlanmagan. 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda hodisa yuz bergan joyga IIB xodimlari jalb etilgan va xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

Mavzuga oid