Kursk AES yonida «urib tushirilgan dron tufayli» yong‘in boshlandi
Kursk oblasti gubernatori «UUA qulashi» Kursk atom elektr stansiyasiga aloqasi bo‘lmagan qo‘shimcha binoda portlashlarga olib kelganini bildirdi. Ukraina tomoni voqeaga aloqadorligini rad etdi.
3 oktyabr, payshanba kuni Kursk oblasti Kurchatov shahri rayonida yong‘in sodir bo‘ldi. Mintaqa gubernatori Aleksey Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, bu holat dron qulashi natijasida sodir bo‘lgan. Dron Kursk atom elektr stansiyasidan (AES) besh kilometr uzoqlikda qulagan, portlashlar Kursk AESga aloqasi bo‘lmagan binoda sodir bo‘lgan, dedi Simirnov. Halok bo‘lganlar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. «Rosatom» matbuot xizmati AES normal ishlayotganini, obektdagi radiatsiya foni normal chegaralarda ekanligini ma’lum qildi.
Kremlparast Mash va Shot Telegram-kanallari yong‘in sodir bo‘lgan joydan kadrlarni e’lon qilib, Ukraina Qurolli kuchlari (UQK)ni Kursk atom elektr stansiyasiga dron va raketalar bilan hujum qilishga uringanlikda aybladi.
Kursk AES joylashgan Kurchatov shahriga kirish cheklandi
Rasmiylar Kursk atom elektr stansiyasi joylashgan Rossiyaning Kursk oblasti Kurchatov shahriga kirishni cheklamoqda. Bu haqda 28 avgust kuni mintaqa gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, nazorat uchun maxsus o‘tkazish punktlari tashkil etiladi va navbatchilik mahalliy vaqt bilan soat 07:00 dan 17:00 gacha (Moskva bilan bir xil) bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar Kurchatovga erkin kirishlari mumkin. Ishlayotgan, lekin propiskasi bo‘lmaganlarga shahar va tuman hokimliklari ruxsatnoma beradi.
AES va qurilayotgan 2-AESning barcha xodimlari rahbariyatga ruxsat olish uchun ariza berishlari kerak. Tranzit transport vositalari muqobil aylanma yo‘llardan foydalanishi shart.
Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari shaharga bostirib kirish urinishlaridan voz kechmayapti.
Mavzuga oid
18:22 / 22.12.2024
Yaponiyada AESlar yaqiniga radioaktiv zarralardan himoya qiluvchi palatkalar joylashtiriladi
08:41 / 14.12.2024
RF «harbiy muxbirlari»: KXDR askarlari Kursk oblastida jang qilmoqda
22:47 / 07.12.2024
Yaponiyada «Simane» AESining ikkinchi reaktori qayta ishga tushirildi
17:46 / 30.11.2024