O‘zbekiston | 12:00 / 11.10.2024
3374
1 daqiqa o‘qiladi
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasi Tojikiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro parlament konferensiyasida ishtirok etish uchun Dushanbe shahrida bo‘lib turibdi.
Konferensiya avvalida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbe shahriga tashrif buyurgan barcha delegatsiya rahbarlarini qabul qildi.
Mazkur xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Eron, Belarus, Ozarboyjon hamda Armaniston davlatlarining parlamentlari rahbarlari tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
23:49 / 20.12.2024
O‘zbekistonning migratsiya siyosatini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti ham ishtirok etadi
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024