Borrel Ukraina uchun 6,5 mlrd yevro ajratilishiga umid qilmoqda
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Vengriya vetosini chetlab o‘tish uchun Ukrainaning harbiy ehtiyojlariga pul ajratishning yangi usulini kuz oxirigacha hal etishga harakat qiladi.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel noyabr oyigacha ittifoqqa a’zo davlatlar uning Kiyevga Yevropa tinchlik jamg‘armasidan harbiy maqsadlar uchun olti milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratish haqidagi taklifini ma’qullab, Vengriyaning vetosini bekor etishiga umid qilmoqda.
«Biz Yevropa tinchlik jamg‘armasi va Ukrainaga yordam jamg‘armasi mablag‘larini blokdan chiqarishga imkon beradigan konsensusni topishimiz kerak, men hozir 100 foiz kafolat bera olmayman, ammo o‘ylaymanki, barcha mamlakatlar bu kelishuvga erishadilar», dedi Borrell 14 oktyabr, dushanba kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha.
WP: YeI qurol yetkazib berish o‘rniga Ukraina HSKga sarmoya kiritmoqda
Yevropa Ittifoqining Ukrainaga mudofaa sanoati uchun 440 million dollar yordam berish haqidagi yaqinda qabul qilgan qarori «blokning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga yondashuvida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatadi» va «Yevropa Ittifoqining mudofaa sektori qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqarishdagi kamchiliklarini ta’kidlaydi», deb yozadi The Washington Post (WP) 13 oktyabr kuni.
Jurnalistlar bilan suhbatda ismini oshkor etmagan yevropalik diplomat Yevropa «Ukrainaga kerak bo‘lgan qurollarni ishlab chiqarishga qodir emas» va defitsitni to‘ldirishning eng oson yo‘li «o‘zi qilish» ekanini aytdi. Bunday investitsiyalarning kengroq ma’nosi, shuningdek, «Ukrainaning g‘arbiy mudofaa sanoati ta’minot zanjirlariga bosqichma-bosqich integratsiyalashuvidir», dedi Germaniya Marshall jamg‘armasining Bryusseldagi vakolatxonasi rahbari Yan Lesser WP bilan suhbatda. Shu bilan birga, u Kiyevning mudofaa sanoatiga yo‘naltirilgan sarmoyalar «G‘arbda ishlab chiqarilgan yirik qurol-yarog‘larning o‘rnini bosmasligini» tan oldi.
Qayd etilishicha, Ukraina harbiy-sanoat kompleksini rivojlantirish uchun pul Rossiyaning G‘arbdagi muzlatilgan aktivlaridan kelib tushadigan foydadan olinadi. Mablag‘ning yana bir qismini Daniya hukumati ajratadi.
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024