“Davlat mablag‘lariga qilingan tajovuzni Vatanga xiyonat sifatida baholaymiz” - Robaxon Mahmudova
“Adolat” SDP yetakchisi Robaxon Mahmudova Namangan viloyatidagi saylovoldi uchrashuvida qonunchilikka korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar, talon-toroj holatlari uchun jazoni kuchaytiruvchi normalarni kiritishni taklif qildi.
Robaxon Mahmudova bu safar Namanganda bo‘lib, hudud saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda partiya Markaziy apparati mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar, saylovchilar, faol yoshlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Mahmudova “Adolat” SDPning 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish kerakligini ta’kidladi:
– Biz budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish maqsadida davlat xaridlariga oid qonunchilikni takomillashtirish, davlat budjeti daromadlari va xarajatlari bilan bog‘liq barcha jarayonlarni raqamlashtirish va ochiqlash, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar, ayniqsa, talon-toroj holatlari uchun jazoni kuchaytiruvchi, yetkazilgan zararlarni o‘n barobar miqdorda undirishni nazarda tutuvchi normalarni qonunchilikka kiritishni taklif qilamiz. Biz davlat mablag‘lariga qilingan tajovuzni Vatanga xiyonat sifatida baholaymiz va talon-torojlikning har qanday ko‘rinishini qat’iy jazolash prinsipini ilgari suramiz, – dedi partiya yetakchisi.
Mavzuga oid
16:40 / 23.11.2024
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi
17:38 / 25.10.2024
Qarshida o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
15:00 / 17.10.2024