Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari ishlab chiqildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2025 yil yanvardan kuchga kiradigan Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi:
• operatorlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash orqali taqsimlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash;
• iste’molchilar va kichik elektr generatorlarini taqsimlash tarmoqlariga ulash;
• elektr energiyasining sifatini va iste’molchilarni elektr ta’minotining barqarorligini oshirish;
• taqsimlash tizimlaridan samarali va xavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng sharoitlar yaratish;
• taqsimlash tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash maqsadida elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari uchun umumiy texnik talablarni o‘rnatish.
Energetika vazirligi taqsimlash tizimining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini belgilash, hisobga olish va hisobot berishning yagona tizimini joriy etadi.
Taqsimlash tizimlari operatorlari yuklama zichligi, taqsimot (sotuv) tuzilmasi, xizmatlar qiymati, ishchi kuchlanish va boshqa ko‘rsatkichlar kabi xususiyatlarga asosan turli toifalarga guruhlanadi. Shuningdek, ular Energetika vazirligi tomonidan maqsadli ko‘rsatkichlarini ishonchlilik va samaradorlikning haqiqiy ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali har yili baholanadi.
Mavzuga oid
09:19 / 19.12.2024
To‘rt viloyatda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
08:14 / 18.12.2024
1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi
09:02 / 16.12.2024
Toshkent viloyatidagi bog‘chada 1 mlrd so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanildi
08:50 / 14.12.2024