Jahon | 11:00 / 16.10.2024
1379
3 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq migratsiyani tartibga soluvchi yangi qonun tayyorlamoqda

Yangi qonun Yevropa Ittifoqida qolish huquqiga ega bo‘lmagan muhojirlarni uylariga jo‘natish jarayonini samarali tartibga solishi kerak, dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.

Foto: Cecilia Fabiano / ZUMA Press / dpa

Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqida qolish huquqiga ega bo‘lmagan muhojirlarni vatanga jo‘natish qoidalarini o‘zgartirish bilan bog‘liq qonun loyihasini tayyorlamoqda. Bu Yevropa Ittifoqi rahbari Ursula fon der Lyayyenning 14 oktyabr, dushanba kuni kechqurun chop etilgan Yevropa Ittifoqi davlatlariga yo‘llagan maktubida aytilgan.

Qonun loyihasida «chiqarib yuborish bo‘yicha hamkorlikning aniq majburiyatlari» belgilanishi kutilmoqda va noqonuniy immigrantlarni uylariga yuborish «jarayonini samarali tarzda tartibga solish» kerak, deyiladi fon der Lyayyen maktubida.

Yevropa Komissiyasi raisining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi o‘z harakatlari samaradorligini oshirish uchun «yangi huquqiy bazaga muhtoj». Mamlakatlar Yevropa Ittifoqiga a’zo har bir davlat boshqasining qarorini tan olishi uchun «uyg‘unlik va ishonch darajasini» yaratishi kerak. «Bu Yevropa Ittifoqining boshqa davlatida bo‘lganida deportatsiyadan qochishning oldini olish uchun shart», deb ta’kidlaydi YeK rahbari.

YeI avtomatlashtirilgan chegara tizimini ishga tushirishni kechiktirdi

Yevropa Ittifoqi Shengen mamlakatlari chegaralarida uchinchi davlat fuqarolarini ro‘yxatga olish uchun avtomatlashtirilgan chegara tizimini noyabr oyida ishga tushirishni rejalashtirilgan. Germaniya, Fransiya va Niderlandiya kirish va chiqish tizimini (EES) joriy etishga tayyor emas, dedi Yevropa Ittifoqining ichki ishlar bo‘yicha komissari Ilva Yuxansson 10 oktyabr kuni kechqurun Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqining ichki ishlar vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha.

Bundan tashqari, tizimni avval rejalashtirilganidek, 10 noyabrda ishga tushirish mumkin emas, chunki bu jarayon uchun mas’ul eu-Lisa idorasi bunga tayyor emas. Yangi sana hali belgilanmagan, deya qo‘shimcha qildi shvetsiyalik yevrokomissar va bu imkon qadar tezroq amalga oshishiga umid bildirdi.

Yuxanssonning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya yangi tizimga bosqichma-bosqich o‘tishni qo‘llab-quvvatlaydi, bunda u dastlab faqat tanlangan chegara o‘tish joylarida joriy etiladi. Tizimni joriy etish qarori 2017 yilda qabul qilingan.

Mavzuga oid