Shveytsariya O‘zbekistonda eksklyuziv yangi turistik marshrutlar yaratmoqchi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Shveytsariyaning Rubis Voyages va mamlakatdagi Karavan Travel turistik kompaniyalari bilan hamkorlikda Nyovshatel shahrida turizm salohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, diplomatlar hamda Shveytsariyaning tegishli kompaniyalari vakillari va soha mutaxassislari qatnashdi.
Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev turizmni iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida rivojlantirish yangi bosqichga ko‘tarilgani, qadimiy shaharlar jahon sayyohligida muhim o‘ringa egaligini, xorijiy sayyohlik kompaniyalari va sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar qayd etdi.
Tadbirda O‘zbekistonning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va noyob tabiiy landshaftlari haqidagi ma’lumotlar shveysariyalik sayyohlik agentliklari va operatorlarmi e’tiboriga taqdim etildi. Mutaxassislarga respublikaning eksklyuziv yangi turistik marshrutlarini yaratish imkoniyatlari taklif etildi.
Mavzuga oid
20:40 / 02.12.2024
Meksika rossiyalik turistlarni mamlakatga kiritmayapti. Bunga ular AQShga o‘tib ketayotgani sabab bo‘lmoqda
17:26 / 30.11.2024
Kanadada tog‘da adashib qolgan turist 50 kundan keyin topildi
19:11 / 29.11.2024
Shveytsariyaning Lombard Odier banki Gulnora Karimova ishi bo‘yicha pul yuvishda ayblandi
13:11 / 23.11.2024