Wallet kriptohamyoni O‘zbekistonda ofis ochishni rejalashtirmoqda
Kompaniya ofis direktori lavozimi uchun vakansiya e’lon qildi.
TON blokchekn-platformasining Telegram messenjeri bilan integratsiya qilingan Wallet kriptohamyoni O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishi mumkin. Bu haqda kompaniyaning LinkedIn sahifasidan ma’lum bo‘lmoqda. Kompaniya O‘zbekistondagi ofis direktori lavozimi uchun vakansiya e’lon qilgan. Ofisning qachon ochilishi haqida ma’lumot berilmagan.
Direktor ofis faoliyatiga rahbarlik qiladi, davlat hokimiyati organlari, xususan regulyator bilan munosabatlarga bosh-qosh bo‘ladi. Nomzod kriptovalutalar, fintex yoki moliyaviy xizmatlar sohalarida boshqaruv tajribasiga ega bo‘lishi, blokcheyn texnologiyalari, raqamli aktivlar va kriptovaluta bozorlaridagi o‘zgarishlardan boxabar bo‘lishi lozim.
Ma’lumot uchun, Wallet kriptohamyoni Telegram ichidagi ilova (bot) bo‘lib, kriptovalutalar muomalasi uchun mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Telegram asoschisi Pavel Durov shu yil yozda O‘zbekistonga kelgan va mamlakat rasmiylari bilan uchrashgandi. U Markaziy Osiyoga safarida Qozog‘istonda ham bo‘lgan, keyinroq Telegram kompaniyasi Qozog‘istonda ofis ochishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
22:08 / 28.11.2024
Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi
20:40 / 28.11.2024
TikTok o‘smirlarga «go‘zallik filtrlari»dan foydalanishni cheklaydi
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
19:32 / 31.10.2024