ETK montyori bilan til biriktirib elektrdan noqonuniy foydalangan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Aniqlangan ikkita holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Namangan va Andijon viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Norin tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro B.U. tuman elektr tarmoqlari korxonasi montyori Sh.A. bilan o‘zaro til biriktirib, xonadonida o‘rnatilgan uch fazali elektr hisoblagichni hisob dasturiga kiritmasdan jami 319,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Andijon shahar bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro J.A. “Yuksalish” MFY hududidagi fuqaro O.A.ga tegishli sport klubi binosida tijorat maqsadida elektr tarmog‘idan o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 226,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
09:19 / 19.12.2024