Jahon | 12:10 / 21.10.2024
1794
1 daqiqa o‘qiladi

G‘azo sektori shimolida internet butunlay uzib qo‘yildi

Bloklangan eksklavning shimoli 15 kundan beri katta hujum ostida va Isroil armiyasi tomonidan qamalda.

Foto: Mohammed Al-Masri / Reuters

G‘azo sektori shimolida internet xizmatlar butunlay uzib qo‘yildi. Bu haqda Falastin telekommunikatsiya kompaniyasi xabar berdi.

Bloklangan eksklavning shimoli 15 kundan beri katta hujum ostida va Isroil armiyasi tomonidan qamalda.

«Isroilning G‘azo shimoliga davom etayotgan ommaviy hujumlari munosabati bilan mintaqadagi barcha internet xizmatlari uzilganidan afsusdamiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Falastin matbuoti ham G‘azo sektori shimolida aloqa va internet xizmatlari o‘chirilgani haqida xabar berdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, «Jyebaliya» qochqinlar lageridagi ko‘plab obektlar Isroilning yirik artilleriyasi va havo hujumlari ostida qolmoqda.

Isroil armiyasi 15 kundan beri G‘azo sektori shimolidagi Jyebaliya, Bayt Lahiya va Bayt Xanun qochqinlar lagerlariga quruqlikdan va havodan kuchli hujumlar uyushtirmoqda.

Mavzuga oid