OTV nechta nodavlat ta’lim muassasasini sudga bergani aytildi
Joriy yilda 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Sud jarayonlarida 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan.
Joriy yilda 26 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganilgan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
O‘rganishlar natijasida aksariyat nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining faoliyatida xato va kamchiliklar, qoidabuzarliklar aniqlangan.
Faoliyati vazirlik tomonidan o‘rganilgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha 1 oy muddat berilgan. Berilgan muddatlarda kamchilikni bartaraf etmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli sudlarga davo arizalari kiritilgan.
Joriy yilda 5 ta nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarini litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha tegishli sudlarga da’vo arizalari kiritilgan. Sud jarayonlarida 1 ta oliygohning litsenziyasi bekor qilingan. 4 ta holatda tegishli sudlar tomonidan vazirlik kiritgan davo arizalarni qanoatlantirmasdan qoldirgan.
Mavzuga oid
15:21 / 19.12.2024
Xitoyda o‘g‘lining uy vazifalariga yordamlashayotgan ota infarktga chalindi
16:56 / 13.12.2024
Andijonda hokim o‘quvchilarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifa”ga ajratdi. Bu to‘g‘rimi? - mutaxassislar bilan suhbat
09:30 / 04.12.2024
Dunyodagi eng qimmat 10 ta maktab-internat: ularda yillik o‘qish narxi 100 ming dollardan oshadi
14:33 / 21.11.2024