Jamiyat | 10:10 / 22.10.2024
2647
1 daqiqa o‘qiladi

3,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Namangan va Sirdaryo viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani “Qurama” MFYda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.O.”ga qarashli issiqxonada qurilmalar gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm polietilen quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani va 3,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “M.G.” MChJda gaz hisoblagichiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilib, 223,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid