Jahon | 09:01 / 22.10.2024
3437
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Ukrainaga yetib keldi

Lloyd Ostin mudofaa vaziri sifatida Ukrainaga to‘rtinchi bor tashrif buyurayotganini ta’kidladi, bu esa Qo‘shma Shtatlar xalqaro hamjamiyat bilan birga ushbu mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganidan dalolat beradi.

Foto: Reuters

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin dushanba kuni Kiyevga keldi. Bu haqda vazir X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

U Pentagon rahbari sifatida Ukrainaga to‘rtinchi bor kelayotganini ta’kidladi.

«Men mudofaa vaziri sifatida to‘rtinchi marta Ukrainaga qaytdim, bu esa Qo‘shma Shtatlar xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini ko‘rsatmoqda», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Ostin Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan uchrashishi kutilgandi.

Mavzuga oid