O‘zbekiston | 08:53 / 27.10.2024
3741
1 daqiqa o‘qiladi

Saylovda ovoz berish jarayoni boshlandi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi.

Foto: Kun.uz

Shuningdek, 40 ta xorijiy davlatdagi O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalarida 57 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan.

Xorijdagi saylov jarayonlarining dastlabkisi yurtimizning Yaponiya va Koreya Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlandi. 
Ovoz berish jarayonlarining so‘ngisi AQShdagi O‘zbekiston vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan 28-oktyabr soat 05:00 da yakunlanadi.

O‘zbekistonda esa saylovda ovoz berish soat 08:00dan 20:00gacha o‘tkaziladi.

Mavzuga oid