Jamiyat | 15:44 / 01.11.2024
6068
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda hojatxonaga tushib ketgan qizaloq qutqarib qolindi

Qizcha hozir shifokorlar nazoratida va uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.

Foto: FVV

Andijon viloyati Asaka tumanida hojatxonaga tushib ketgan qizcha qutqarib qolingan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar t.me/MCHSUzbek/27804.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 31 oktyabr kuni soat 17:33 da FVBga Asaka tumani Nurafshon mahallasidagi uylarning birida uy egasining 2023 yilda tug‘ilgan qizi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlidagi hojatxonaga tushib ketgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxonadan qizaloqni olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.

Shundan so‘ng qizcha malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yuborilgan. Hozirda u shifokorlar nazoratida va qizchaning ahvoli yaxshi.

Mavzuga oid