Jamiyat | 15:03 / 13.11.2024
11498
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda Damas ag‘darilib piyodalar yo‘lakchasida 9 yoshli qizchani bosib qoldi

Uchinchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan qizcha shifoxonada vafot etgan.

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyatining Asaka tumanida Damas 9 yoshli qizni bosib qolib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar berilgan.

Hodisa 2024 yil 11 noyabr kuni soat 13:00 larda sodir bo‘lgan. Damas haydovchisi tez harakatlanib kelgan va piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qizni urib yuborib, keskin tormoz bergan. Oqibatda mashina 9 yoshli qizchaning ustiga ag‘darilgan.

Hodisadan so‘ng qizcha zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda holat qanday yuz bergani tasvirlangan video tarqaldi. Unda Damas haydovchisi piyodalar yo‘lakchasiga yaqinlashayotib ehtiyot choralarini ko‘rmagani va katta tezlikda harakatlanganini ko‘rish mumkin.

Shunda u piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan qizchani urib yuborgan va haydovchi qattiq tomoz bosganda mashina uning ustiga ag‘darilgan.

Mavzuga oid