O‘zbekiston | 10:50 / 01.11.2024
3269
1 daqiqa o‘qiladi

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida 273 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Samarqand mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi hududida tezkor ekologik reyd tadbirlari o‘tkazildi. 

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, reyd tadbirida Chirchiq daryosi o‘zanidan MChJ tomonidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinayotgan vaqtida to‘xtatildi.

Mazkur MChJ bundan oldin ham davlat inspektorlari tomonidan ogohlantirilganligi va javobgarlikka tortilganiga qaramay, faoliyatini davom ettirgan.

Qum-shag‘al qazib olinishi natijasida tabiatga 273 milliard 802 million 688 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. 

Ish yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Mavzuga oid