Jahon | 14:30 / 04.11.2024
1394
1 daqiqa o‘qiladi

Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

3,4 million sudanlik bolalar epidemik kasallik xavfi ostida.

Foto: Anadolu Agency

Sudanda vabo epidemiyasi oqibatida vafot etganlar soni 852 nafarga yetdi.

Sudan Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, mamlakatda vabo bilan kasallanganlarning umumiy soni 29 ming 147 nafarga yetgani bildirildi.

Hisobotda vabo epidemiyasi oqibatida halok bo‘lganlar sonining 852 nafarga yetgani qayd etilgan.

Sudanda iyun oyidan beri davom etayotgan yomg‘ir va suv toshqinlari vabo kasalligi tarqalishiga olib keldi.

Sudan hukumati 12 avgust kuni vaboni epidemiya deb e’lon qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi 1 oktyabr kuni 3,4 million sudanlik bola epidemik kasallik xavfi ostida ekanligini ma’lum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) 5 oktyabr kuni Sudanga vaboga qarshi 1,4 million doza vaksina yuborganini e’lon qildi.

Urush davom etayotgan Sudanda epidemiyalarning tarqalishi sog‘liqni saqlash tizimi samarasiz bo‘lgan davrda odamlarning hayotini qiyinlashtirmoqda.

Mavzuga oid