O‘zbekiston | 11:36 / 04.11.2024
5101
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar IIBB xodimlariga 8 ta BYD va 15 ta Damas berildi

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan poytaxt IIBBda o‘tkazilgan bayramda xizmatda foydalanish uchun xodimlarga 8 ta BYD, sohaviy xizmat xodimlariga esa 15 ta Damas topshirildi. IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, avtomobillar xodimlarga “davlat rahbarining topshirig‘i” bilan berilgan.

Foto: IIBB

Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda davlat rahbari topshirig‘i bilan xizmatda foydalanish uchun 8 ta BYD va 15 ta Damas avtotransport vositalari sohaviy xizmat xodimlariga topshirildi. IIBBga ko‘ra, taqdim etilgan mazkur transport vositalari sohaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash va xizmat sifatini yaxshilashda o‘z hissasini qo‘shadi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBBda joylashgan xotira maydonida xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining xotirasi yod etib, monumentga gullar qo‘yildi.

Tadbir davomida o‘z xizmati bilan kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lgan bir qator xodimlar ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ko‘krak nishoni, faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid