O‘zbekiston | 13:30 / 05.11.2024
1081
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Germaniya Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Germaniya elchisi bilan Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Germaniya elchisi Manfred Xuterer bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabidan Afg‘onistonga turli gumanitar yordamlarni yetkazib berishda foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Manfred Xuterer O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy pozitsiyasini mustahkamlash, shuningdek, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Tomonlar afg‘on masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Mavzuga oid