Toshkentda oktyabrda uy-joylar uchun ijara narxi oshishi sekinlashdi
Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari sentabr oyiga nisbatan 1,3 foiz, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,2 foiz oshdi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari tahlil qilindi.
Joriy yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlarining oshishi sekinlashdi. Mazkur davrda poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun o‘rtacha ijara narxlari sentabr oyiga nisbatan 1,3 foiz, to‘liq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa 0,2 foiz oshdi.
2024 yilning oktyabr oyida o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxi sentabr oyiga nisbatan 0,5 foizga, 2 xonali uylar uchun 1,4 foizga, 3 xonali uylar uchun 1,0 foizga, 4 xonali uylar uchun esa 2,5 foizga oshdi.
O‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali — $285, 2 xonali – 359 AQSh dollari, 3 xonali – 388 AQSh dollari, 4 xonali — 432 AQSh dollari), Yashnobod (1 xonali – 300 AQSh dollari, 2 xonali – 384 AQSh dollari, 3 xonali – 418 AQSh dollari, 4 xonali – 545 AQSh dollari) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, eng qimmat ijara narxlari Mirobod (1 xonali – 344 AQSh dollari, 2 xonali – 529 AQSh dollari, 3 xonali – 666 AQSh dollari, 4 xonali – 863 AQSh dollari) va Yakkasaroy (1 xonali – 364 AQSh dollari, 2 xonali – 499 AQSh dollari, 3 xonali – 638 AQSh dollari, 4 xonali – 700 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.
Mazkur davrda to‘liq ta’mirlangan 2 xonali (550 AQSh dollari) va 3 xonali (700 AQSh dollar) uy-joylarning ijara narxi deyarli o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, 4 xonali (0,4 foizga) hamda 1 xonali (1,3 foizga) uy-joylarning ijara narxlarida biroz ko‘tarilish kuzatildi.
To‘liq ta’mirlangan uy-joylarning eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali – 321 AQSh dollari, 2 xonali – 408 AQSh dollari, 3 xonali – 465 AQSh dollari, 4 xonali – 513 AQSh dollari) va Uchtepa (1 xonali – 354 AQSh dollari, 2 xonali – 432 AQSh dollari, 3 xonali – 486 AQSh dollari, 4 xonali – 639 AQSh dollari) tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod (1 xonali – 471 AQSh dollari, 2 xonali – 718 AQSh dollari, 3 xonali – 952 AQSh dollari, 4 xonali – 1307 AQSh dollari) va Shayxontohur (1 xonali – 460 AQSh dollari, 2 xonali – 698 AQSh dollari, 3 xonali – 1038 AQSh dollari, 4 xonali – 1328 AQSh dollari) tumanlarida kuzatildi.
Mavzuga oid
14:40 / 22.12.2024
Eskrou tizimi: u joriy etilsa, mijozlar quruvchilarga aldanmaydimi?
10:11 / 18.12.2024
Uy-joy qurilishida yangi tizim joriy etilishi mumkin
09:27 / 11.12.2024
Toshkentda noyabrda ijara narxlari biroz pasaydi
17:03 / 04.12.2024