O‘zbekiston | 11:53 / 06.11.2024
5565
1 daqiqa o‘qiladi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Deputat Sayyora Fayziyeva xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi raisi etib saylandi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Bugun, 6 noyabr kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi

Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayevning joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Sayyora Fayziyeva xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining qarori bilan Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Mavzuga oid