Xitoyda 158 km magistral yo‘l dronlar yordamida qurildi
Qurilishga jami 10 ta haydovchisiz mashina jalb etilgan.
Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib to‘liq dronlar ishtirok etgan yo‘l qurilishini bitkazdi. Gap 158 kilometr uzunlikdagi tezyurar avtomagistral haqida ketmoqda — u Pekin, Honkong va Makao shaharlarini bog‘laydi.
Loyiha nafaqat intellektual infratuzilma sohasidagi sezilarli rivojlanishni ko‘rsatadi, balki sun’iy intellekt, dronlar va avtonom transport vositalarining ulkan imkoniyatlarini ham namoyon etadi.
Ushbu keng ko‘lamli loyiha Xitoyning Sany kompaniyasi avtonom yo‘l qurilish texnikalari parkiga asoslanadi. Yo‘l qurish jarayonida quyidagi texnikalardan foydalanildi: kengligi 20 metr bo‘lgan haydovchisiz asfalt yotqizgich, 13 tonna keladigan oltita ikki barabanli katka va 30 tonna keladigan uchta rezina g‘ildirakli katka. Mashinalar ilg‘or algoritmlar bilan boshqarilib, ularning joylashuvi Beidou sun’iy yo‘ldosh tizimlari tomonidan 1 santimetr aniqlikda kuzatib borildi. Bularning barchasi yo‘lni yuqori sifatli va chidamli qilib qurishga yordam berdi.
Loyihaning eng diqqatga sazovor jihati SAP200C-10 asfalt yotqizish mashinasi bo‘ldi. U dunyoda birinchi bo‘lib bir o‘tishda 19,25 metr kenglikda asfalt yotqizishga muvaffaq bo‘lgan. Bu nafaqat qurilish jarayonini tezlashtirgan, balki choklar sonini kamaytirish orqali yo‘l qoplamasi silliqligi va yaxlitligini oshirgan.
Qurilish xavfsizligini ko‘plab avtomatlashtirilgan tizimlar nazorat qilib turgan. Har bir avtonom qurilma bir nechta himoya darajalarini — elektron to‘siqlar, favqulodda to‘xtatish tizimi va real vaqt rejimida to‘siqlarni aniqlash mexanizmlarini o‘z ichiga olgan. Qurilish maydonidagi to‘siqlar yoki atrofdagi kichik o‘zgarish ham zudlik bilan e’tiborga olingani natijasida xavfsizlik eng yuqori darajada ta’minlangan.
Mavzuga oid
11:25
Xitoyda 2024 yilning eng yaxshi avtomobillari e’lon qilindi
21:44 / 22.12.2024
Xitoyda dunyodagi eng katta suvosti tunnelining qurilishi yakunlandi
12:55 / 21.12.2024
Tatariston bo‘ylab dronlar hujumi kuzatildi
17:13 / 20.12.2024