O‘zbekiston | 14:59 / 10.11.2024
3569
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda o‘qish uchun xorijga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

2024 yilda o‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Tojikistonga borgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 30,4 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 952 nafarga yoki 3,2 foizga oshgan.

Joriy yilning 9 oyida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  • Tojikiston — 11 409 nafar;
  • Rossiya — 7 301 nafar;
  • Qirg‘iz Respublikasi — 2 845 nafar;
  • Turkiya — 2 195 nafar;
  • Janubiy Koreya — 1 839 nafar;
  • Qozog‘iston — 1 372 nafar;
  • Buyuk Britaniya — 693 nafar;
  • Xitoy — 672 nafar;
  • AQSh — 486 nafar;
  • BAA — 295 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 1 292 nafar.

Mavzuga oid