O‘zbekiston | 10:00 / 12.11.2024
5740
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan yangi teledastur ishga tushirildi

Savdo-sanoat palatasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan kambag‘allikni qisqartirish va aholining ijtimoiy farovonligini oshirishga qaratilgan «Kambag‘allikdan farovonlik sari» deb nomlangan yangi teledastur ishlab chiqildi.

Foto: Savdo-sanoat palatasi

Loyihaning asosiy maqsadi – mamlakatdagi kambag‘allikni qisqartirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarning ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini ommalashtirish. Dasturning ilk sonida qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Safia korxonasining ish faoliyati va ijtimoiy tashabbuslari haqida ma’lumot berildi. Korxonada 150 nafar «Temir daftari»da turgan va yana 55 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar ish bilan ta’minlangan.

Safia rahbari korxonaning maqsadlari haqida so‘z yuritib: «Hamma gap tadbirkorlarda. Tadbirkorlar bitta-bitta birlashib kambag‘allikni yo‘q qilib yuborsa bo‘ladi», — dedi.

Ta’kidlash joizki, korxona 2024 yilda Qozog‘istonga 1,5 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. 2025 yilda esa bu ko‘rsatkichni 4 million dollarga yetkazishni, shuningdek, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjonda o‘z savdo nuqtalarini ochishni rejalashtirgan. Bu rejalar orqali yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini yanada oshirish ko‘zlangan.

Reklama

Mavzuga oid