Jahon | 10:03 / 14.11.2024
1001
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kiyevga yordamni tanqid qilgan siyosatchini davlat kotibi lavozimiga taklif qildi

Marko Rubio tashqi siyosat bo‘yicha "lochin". U AQShning Ukrainaga harbiy yordam berishiga qarshi chiqqan.

Foto: AFP

AQShning 47-prezidenti etib saylangan respublikachi Donald Tramp davlat kotibi lavozimiga Marko Rubio nomzodini ilgari surdi. Florida shtatidan 53 yoshli respublikachi senator «millatimiz himoyachisi» va «ittifoqchilarimizning haqiqiy do‘sti» bo‘ladi, dedi Tramp 13 noyabr, chorshanba kuni bir kun avval AQSh OAVda chiqqan xabarlarni tasdiqlab.

Avvalroq, Donald Tramp, The New York Times (NYT) xabardor manbalariga tayanib yozishicha, Kubadan kelgan muhojirlar avlodi Rubioni vitse-prezident lavozimiga ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rgan edi.

Rubio Rossiya banklarini SWIFT tizimidan uzishni talab qilgan

Rubio 2014 yilda, Rossiya Qrimni qo‘shib olganidan so‘ng, Rossiya banklarini xalqaro SWIFT to‘lov xizmatlari tizimidan uzishga chaqirgan. 2022 yil yanvar oyida, Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli tajovuzi boshlanishidan oldin, respublikachi o‘z chaqirig‘ini takrorladi. 

Bundan tashqari, u Rossiyaning Ukrainaga hujumi sodir bo‘lgan taqdirda Vladimir Putin va Rossiya rahbariyatining bir qator boshqa asosiy vakillariga nisbatan shaxsiy sanksiyalarni joriy etishga chaqirdi. 2022 yil mart oyi boshida Rubio boshqa respublikachi senator Chas Gresli bilan birgalikda Rossiyaning barcha davlat korxonalariga qarshi keng qamrovli sanksiyalar joriy etishni taklif qildi.

Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan so‘ng Rubio Ukrainadagi urush «boshi berk ko‘chaga kirib qolgani» va unga yakun yasash kerakligini aytdi. Shu bilan birga, u «ukrainaliklar o‘zlarini Rossiya agressiyasidan himoya qilishda nihoyatda jasur va kuchli bo‘lganini» ta’kidladi.

Mavzuga oid