O‘zbekiston | 10:38 / 20.11.2024
7854
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: Xalqimiz hal qiluvchi masalalar bo‘yicha yangi hukumatdan aniq natijalarni kutmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi boshlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kun tartibidan yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq, ilk bor quyi palatada bosh vazir lavozimiga nomzod va hukumatning kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan harakatlar dasturini ko‘rib chiqish masalalari o‘rin olgan.

So‘zining avvalida davlat rahbari mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan strategik va joriy vazifalarni amalga oshirishda barcha bo‘g‘indagi ijro organlari, avvalo, hukumat va uning rahbari zimmasidagi mas’uliyat hozirgi murakkab zamonda har qachongidan ham ortib borayotganini ta’kidladi.

Bugun mutlaqo yangi vakolat va vazifalarga ega bo‘lgan hukumat shakllanayotgani qayd etildi.

Buni Konstitutsiya darajasida birinchi marta kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligi, investitsiya, ekologiya kabi muhim yo‘nalishlarda Vazirlar Mahkamasining majburiyatlari belgilab qo‘yilgani ham tasdiqlaydi.

Xalqimiz bugun ana shunday hal qiluvchi masalalar bo‘yicha yangi hukumatdan aniq natijalarni kutmoqda, dedi prezident.

Mavzuga oid