O‘zbekiston | 10:00 / 21.11.2024
1810
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Paynet AJ BMTning Orol tubini ko‘kalamzorlashtirish dasturida ishtirok etmoqda

Paynet AJ Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (UNDP) bilan birgalikda Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish dasturi doirasida 300 mln so‘m mablag‘ ajratdi, bu esa 23 000 ta ko‘chat ekish imkoniyatini beradi.

Foto: Paynet

O‘zbekistondagi moliyaviy-texnologik kompaniyalardan biri bo‘lgan Paynet jamiyat va tabiat oldidagi o‘z mas’uliyatini tan oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 noyabrdagi PF-199 sonli Farmoniga asoslanib, kompaniya Orol dengizi tubidagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha milliy dasturni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan tashkil etilgan “Green Aral Sea” dasturi doirasida Paynet Orol dengizi tubiga saksovullarni ekish uchun 300 mln so‘m mablag‘ ajratdi. Ushbu loyiha mintaqaning ekotizimini tiklash, havo va tuproq sifatini yaxshilash, shuningdek, kelgusi cho‘llanishning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Orol dengizi qurishining ekologik oqibatlari shunchaki quruq gaplar emas — ularni mahalliy aholi va mintaqaning butun tabiati his qilmoqda. Orol dengizining qurishi oqibatlari allaqachon havo sifati va mahalliy aholi yashash sharoitlarining yomonlashishi orqali sezilmoqda. Bunday ekologik tashabbuslar nafaqat alohida kompaniyalar, balki umuman jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi muhim, zero ushbu muammolarni hal qilish hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni talab etadi.

Saksovul nafaqat qumlarni mustahkamlaydigan, balki mikroiqlimni yaxshilaydigan, tabiatni va mahalliy birlashmalarni himoya qiladigan noyob o‘simlikdir.

“Biz umumiy qarashlarimizni hayotga tatbiq etishda yordam beradigan Paynet kabi “yashil chempionlar” borligidan xursandmiz. Ushbu yordam tufayli biz nafaqat ekinlar ekamiz, balki Orol dengizi muammosidan zarar ko‘rgan odamlar uchun barqaror kelajakni yaratamiz”, deydi BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudzii.

Paynet kompaniyasi bunday tashabbuslarda ishtirok etish biznes doirasidan chiqadi va atrof-muhitni yaxshilashga qaratilganligiga ishonadi.

“Biz uchun bu shunchaki loyihani qo‘llab-quvvatlash emas, balki jamiyat oldidagi burchimizni ado etish imkoniyatidir. Umid qilamizki, biz qo‘shgan hissa boshqa kompaniyalarni ham ushbu muhim vazifaga qo‘shilishga ruhlantiradi”, deydi “Paynet” AJ bosh direktori Anvar Isamuxamedov.

Qariyb 19 yillik faoliyati davomida O‘zbekiston xalqining ishonchini qozongan Paynet kompaniyasi yuqori sifatli to‘lov xizmatlarini ko‘rsatibgina qolmay, “Green Aral Sea” tashabbusi qadriyatlariga mos keladigan loyihalarni ham faol amalga oshirib kelmoqda. Bunday dasturlarda ishtirok etish kompaniyaning hayot sifatini yaxshilash va ekologik barqaror kelajakni yaratishga qaratilgan korporativ ijtimoiy javobgarlik strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Sayt:paynet.uz

Facebook:fb.com/paynetuz.uz

Instagram:@paynet.uz

Telegram: t.me/paynetuz_official

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid