Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sun’iy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori Igor Krasnovni qabul qildi.
Ikki tomonlama keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Terrorizm, ekstremizm, kiberjinoyatlar, korrupsiya va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohalarida, jinoiy aktivlarni qaytarish, sun’iy intellektni joriy etish va raqamlashtirish borasida bosh prokuraturalar o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Mamlakatlar prokuratura idoralari o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro aloqa va almashinuvlarni kengaytirish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon samolyoti halokati yuzasidan hamdardlik bildirdi
00:30 / 25.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi
20:19 / 24.12.2024