Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi - u «davlatga xiyonat»da aybdor deb topildi
Nikita Juravel o‘talmagan jazo muddati va yangi hukm bo‘yicha 14 yil koloniyada qoladi. Bundan tashqari, unga jazo muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin bir yilga ozodlikdan cheklash jazosi ham tayinlangan.
Volgograd sudi Nikita Juravelni «davlatga xiyonat» ishi bo‘yicha aybdor deb topib, 13 yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etdi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishi Volgograd oblasti sudi raisining sobiq o‘rinbosari Dmitriy Tulenkov raisligida uch nafar sud kollegiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan.
2024 yil fevralda Grozniy sudi Juravlyovni Qur’onni yoqqani uchun uch yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etgandi.
Shunday qilib, Nikita Juravel o‘talmagan jazo muddati va yangi hukm bo‘yicha 14 yil koloniyada qoladi. Bundan tashqari, unga jazo muddatini o‘tab bo‘lganidan keyin bir yilga ozodlikdan cheklash jazosi ham tayinlangan.
Juravel 2023 yil may oyida Volgogradda masjid oldida Qur’onni yoqib yuborgani uchun hibsga olingan edi. So‘roq paytida u buni Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan pul uchun qilganini tan olgandi. Jinoiy ish tergovi Tergov qo‘mitasining Checheniston Respublikasi bo‘yicha bo‘limiga topshirilgan, keyinroq u Grozniy tergov izolyatoriga olib ketilgandi.
Grozniy shahri sudi 2023 yil may oyida Volgogradda Qur’onni yoqib yuborgan Nikita Juravelni 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Juravel Jinoyat kodeksining diniy marosimlar o‘tkaziladigan joylarda dindorlarning his-tuyg‘ularini ommaviy haqorat qilish va oldindan til biriktirib, bir guruh shaxslar bilan bezorilik qilish moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Juravelga qarshi sud «Checheniston Respublikasi aholisining ko‘plab murojaatlari» tufayli Chechenistonda o‘tkazilgan. Grozniylik 13 imom bu ishda jabrlanuvchi sifatida tan olingan.
2023 yil yozida Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam tergov izolyatorida Juravelni kaltakladi. Qodirov do‘pposlash tasvirlarini e’lon qildi va o‘g‘lining bu ishidan faxrlanishini aytdi.
Shundan so‘ng Adam Qodirov bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘ldi, otasining xavfsizlik xizmatida lavozimni egalladi va Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi «Shayx Mansur» batalyoniga rahbarlik qila boshladi. Unga Checheniston Qahramoni unvoni ham berildi.
Dekabr oyida Ramzan Qodirov sud uning o‘g‘lini jazolashga qaror qilmaganini, Checheniston rasmiylari ham bu bilan shug‘ullanmasligi kerakligini aytdi.
Mavzuga oid
19:20 / 15.12.2024
Ukraina dronlari Grozniydagi bazaga hujum qildi
22:28 / 12.12.2024
Ramzan Qodirov 100 mingga yaqin jangchisi urushda qatnashmayotganini tan oldi
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
15:10 / 12.11.2024