Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
Rossiyaning Odessaga hujumi oqibatida kamida 11 kishi, Xarkivga raketa hujumi natijasida 23 kishi jarohatlangan, deya xabar bermoqda mahalliy hukumat.
25 noyabr, dushanba kuni Rossiya Qurolli kuchlarining Odessaga bergan raketa zarbasi natijasida kamida 11 kishi jarohat oldi. Shahardagi fuqarolik infratuzilmasi ham zarar ko‘rdi: turar joy binolari, avtomobillar, do‘konlar. Bu haqda oblast harbiy ma’muriyati (OHM) rahbari Oleg Kiper Telegramʼda ma’lum qildi.
«Ikki kishiga voqea joyida yordam ko‘rsatildi, 8 nafar yaradorga tibbiy yordam taqdim etildi: bir ayolning ahvoli og‘ir, qolganlarning ahvoli o‘rta og‘irlikda», - deyiladi uning postida. Kiperning so‘zlariga ko‘ra, shikastlangan fuqarolik infratuzilmasi orasida maktab va universitet sport zali ham bor. «Yaxshiyamki, u yerda pedagoglar va o‘quvchilar boshpanalarda bo‘lgan. Deraza va eshiklar singan», — deydi OHM rahbari.
Ayni vaqtda Odessa viloyati prokuraturasi Telegramʼda yozishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oblast markaziga zarba «Iskander-M» raketasi bilan berilgan.
RFning Ukraina mintaqalariga hujumi
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Telegramʼda 24 noyabrdan beri Rossiya Ukrainaning o‘nta mintaqasiga hujum qilish uchun «bir yuz ellikka yaqin zarba beruvchi uchuvchisiz uchoqlar, havo bombalari va raketalardan» foydalanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Zaporijjyaga o‘nlab hujumkor dronlar hujum qilgan, bir bola jarohatlangan.
Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov Telegramʼda Rossiyaning shaharga raketa hujumidan jabrlanganlar soni 23 kishi ekanini, 14 kishi kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. 25 noyabr kuni ertalab Sinegubovning xabar berishicha, Xarkiv o‘qqa tutilishi S-400 ZRKdan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
20:22
Frontdagi vaziyat: Rossiya va KXDR qo‘shinlari Kursk oblastida yurishning yangi to‘lqinini amalga oshirmoqda
20:16
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22