O‘zbekistonda hafta oxirida qor yog‘ishi mumkin
“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 1 dekabr kuni vodiy viloyatlaridan tashqari barcha hududlarda qor yog‘ishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 noyabr —1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 30 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq; 1 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 noyabr- 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 30 noyabrda kechasi va kunduzi 4-9 daraja iliq; 1 dekabrda kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq; 30 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 1 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq: cho‘l hududlarda 29 noyabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq; 30 noyabr—1 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 30 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 1 dekabrda kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 30 noyabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 1 dekabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30 noyabr—1 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 29 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 30 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 1 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 29—30 noyabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29—30 noyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq; 30 noyabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq; 1 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.