O‘zbekiston | 08:32 / 28.11.2024
2621
2 daqiqa o‘qiladi

Qurilish maydonidagi daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi

Bino qurilishi va rekonstruksiyasida daraxtlarga kimyoviy moddalar orqali shikast yetkazish, payhon qilish yoki yo‘q qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. 

Foto: Kun.uz

Prezident 21 noyabr kuni qonun hujjatlariga o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlarni imzoladi

O‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yo‘q qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi: binolarni, inshootlarni yoki boshqa obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yo‘q qilish fuqarolarga BHMning 35 baravaridan 50 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 60 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zgartirishlar daraxtlar va butalarni yo‘q qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni bartaraf etishga, shuningdek, qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mavzuga oid