AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanterni afv etdi
Hanter Baydenga qarshi noqonuniy qurol saqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ish ochilgan. Oq uy rahbari amerikaliklar ota va prezidentning o‘g‘lini afv etish qarorini tushunishlariga umid bildirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanter Baydenni rasman afv etdi. «Hanter bilan bog‘liq faktlarni o‘rganuvchi hech qanday aqlli odam bundan boshqa xulosaga kela olmadi: Hanterni faqat o‘g‘lim bo‘lgani uchun ajratib olishdi — bu noto‘g‘ri», — deyiladi 1 dekabr, yakshanba kuni kechqurun Oq uy veb-saytida e’lon qilingan davlat rahbari bayonotida.
Jo Baydenning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror hafta oxirida oila Shukronalik kunini birga o‘tkazgandan so‘ng qabul qilingan. Prezident o‘z qarorini shunday izohladi: «Men huquq tizimiga ishonaman, lekin xom siyosat bu jarayonga zarar yetkazgani va adolatsizlikka olib kelganiga ham ishonaman». Bayden prezidentligi davrida uning kenja o‘g‘li respublikachilarning nishoniga aylandi, deb xabar bermoqda Reuters. Oq uy rahbari «amerikaliklar ota va prezident nima uchun bunday qarorga kelganini tushunishadi», degan umidda.
Jo Bayden o‘g‘lining huquqiy muammolari tufayli vaziyatga aralashmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Sentyabr oyida Oq uy Amerika rahbari o‘z o‘g‘lini afv etish niyatida emasligini takrorladi, deb eslaydi AFP. Oq uy amaldagi rahbarining prezidentlik vakolatlari 2025 yil 20 yanvarda uning o‘rniga yangi saylangan Donald Tramp kelishi bilan tugaydi.
Hanter Baydenga qarshi ish
54 yoshli Hanter Baydenga nisbatan tergov 2018 yildan beri davom etmoqda. 2023 yilda u soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik va noqonuniy qurol saqlashda aybini tan olishga rozi bo‘lgan. Sudgacha bo‘lgan kelishuv unga haqiqiy jazodan qochishga yordam berishi kerak edi. O‘sha yilning iyul oyida ayblov kelishuvida «nostandart shartlar» borligi va Baydenga tergov davom etayotgan epizodlarda immunitet berishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Shundan keyin Hanter Bayden o‘z aybini tan oldi.
Hanter Baydenga 2023 yil dekabrida ayblovlar qo‘yilgan. Prokuror Devid Vays tomonidan tayyorlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, kichik Bayden 2016 yildan 2019 yilgacha kamida 1,4 million dollar soliq to‘lamagan. «Ayblanuvchi soliq to‘lash o‘rniga millionlab dollarni ekstravagant turmush tarziga sarflagan», — deyiladi hujjatda.
Kichik Bayden o‘tgan iyun oyida noqonuniy qurol saqlashda aybdor deb topilgan edi. Delaver shtatidagi hakamlar hay’ati u 2018 yilda revolver sotib olayotganda giyohvand moddalarni iste’mol qilmasligi haqida yolg‘on gapirganini aniqladi. Bu holatda u 25 yilgacha qamoq jazosi va 750 ming dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.
Sentyabr oyida Hanter Bayden to‘qqizta ayblovning barchasi bo‘yicha o‘z aybini tan oldi.
Mavzuga oid
18:12
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
23:11 / 21.12.2024
AQSh prezidenti hukumat ishini moliyalashtirishni uzaytiruvchi qonunni imzoladi
20:35 / 21.12.2024
Bayden Tayvanga 570 mln dollarlik harbiy yordam ko‘rsatishni buyurdi
19:29 / 20.12.2024