Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari belgilandi
Komissiya bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda ro‘yobga chiqaradi, ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashadi.
«Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
- Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi;
- Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkiblari.
Bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalda ro‘yobga chiqarish, ularning jismoniy, intellektual, ma’naviy hamda axloqiy jihatdan kamol topishiga, qobiliyati va iste’dodini to‘liq namoyon etishiga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish ularning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning joylardagi boshqarmalari hamda tuman (shahar) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tegishlicha Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya va hududiy komissiyalarning ishchi organi vazifasini bajaradi.
Mavzuga oid
16:16 / 15.12.2024
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana bir guruh bola O‘zbekistonga qaytarildi
22:08 / 28.11.2024
Avstraliyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024