Hongkongda 2,5 ming panda haykallaridan iborat ko‘rgazma o‘tkazilmoqda
Bunday noodatiy ko‘rgazma orqali sayyohlar sonini oshirish va Hongkong iqtisodiyotini rag‘batlantirish maqsad qilingan
Honkongda sayyohlar va mahalliy aholini jalb etishga qaratilgan pandalar haykali ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Mahalliy bog‘da ikki panda bolasining tug‘ilishi ushbu jonivorlarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib yubordi.
2 dekabr kuni Honkong aeroportida o‘tkazilgan PANDA GO! FEST HK ochilish marosimida 2500 ta haykaldan iborat kolleksiya namoyish etildi. Birinchi ommaviy ko‘rgazma 7 dekabr kuni Chim Sha Suy savdo tumanidagi Yulduzlar xiyobonida bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng ko‘rgazma bir oy davomida yana uchta joyga ko‘chiriladi.
Ko‘rgazma o‘tkaziladigan joylardan biri Ocean Park bo‘ladi. U yerda yangi tug‘ilgan egizaklar, ularning ota-onalari hamda shu yili Pekin tomonidan sovg‘a qilingan yana ikkita panda yashaydi. Qayta ishlangan rezina bochkalar va qatronlardan yasalgan oltita haykal aynan shu ayiqlardan ilhomlanib yaratilgan.
Honkong sayyohlik sanoati vakillari parkdagi pandalar soni oltitaga yetgani tashrif buyuruvchilar sonini oshirib, iqtisodiyotni rag‘batlantirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Ko‘rgazma tashkilotchilari pandalarning maxsus talqinlarini yaratish uchun musiqachi Farrell Uilyams kabi mashhur shaxslarni jalb etdi. Bu noyob haykallarning ko‘pchiligi onlayn-auksionda sotilib, tushgan mablag‘ gigant asrash dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Sentyabr oyida keltirilgan panda juftligi An An va Ke Ke Ocean Park muhitiga moslashib, tashrif buyuruvchilar bilan uchrashishga tayyor holatda. Avgust oyida tug‘ilgan egizaklar bo‘lsa kelasi yil fevral oyida mehmonlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Ularni Ying Ying laqabli gigant panda dunyoga keltirgan. U eng keksa yoshida ilk bor ona bo‘lgan panda sifatida mashhur. Ying Ying va egizaklarning otasi Le Le 1997 yilda Hongkong Britaniya mustamlakasidan Xitoy boshqaruvi ostiga qaytganida Pekin tomonidan sovg‘a qilingandi.
Butunjahon yovvoyi tabiat fondi ma’lumotlariga ko‘ra, pandaning o‘rtacha umri yovvoyi tabiatda 14-20 yil, tutqunlikda esa 30 yilgacha davom etadi.
Mavzuga oid
10:19 / 20.12.2024
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
23:51 / 10.12.2024
Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi
17:35 / 27.11.2024
Zo‘ravonlikning so‘zsiz ifodasi – Toshkentda o‘tayotgan “NeUyat” ko‘rgazmasidan reportaj
00:28 / 06.09.2024