Jahon | 14:18 / 06.12.2024
1524
4 daqiqa o‘qiladi

Pistorius: GFRdan Ukrainaga tinchlikparvarlar yuborish masalasi ochiq qolmoqda

Nemis tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborish bo‘yicha yakuniy qaror «yuzaga keladigan shartlarga» bog‘liq bo‘ladi, dedi Germaniya mudofaa vaziri. Bir kun avval Germaniya kansleri Olaf Shols bu mavzudagi muhokamalarni o‘rinsiz deb atadi.

Foto: AP

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius urush tugaganidan keyin nemis harbiylarining Ukrainadagi tinchlikparvarlik missiyasida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savol ochiq qolmoqda. Pistorius 5 dekabr, payshanba kuni Deutschlandfunk radiosiga bergan intervyusida: «Biz tayyorgarlik ko‘ryapmiz, ssenariylar ustida ishlayapmiz, lekin biz buni maxfiy ravishda qilyapmiz», dedi. Uning ta’kidlashicha, hozir bunday ssenariylarni omma oldida muhokama qilish vaqti emas.

Shunday qilib, Pistorius Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Bebokning Xristian-demokratik ittifoq (XDI) rahbari va Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Fridrix Mersning keskin tanqidiga sabab bo‘lgan taklifiga javob qaytardi. Uning so‘zlari, birinchi navbatda, nemis ommaviy axborot vositalarida, Germaniyaning tinchlikparvar missiyada ishtirok etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash sifatida talqin qilindi. Mers «hozirgi vaqtda bunday spekulyatsiyani tarqatishni» mas’uliyatsizlik deb atadi. «Hozir hech kim bu savolni bermayapti», deb ta’kidladi u.

Boris Pistoriusning so‘zlariga ko‘ra, Bundesverning tinchlikparvarlik missiyasida harbiy ishtiroki haqidagi savolga javob oxir-oqibat «yuzaga keladigan shart-sharoitlarga» bog‘liq bo‘ladi. «Ayni paytda ko‘p bo‘lsa-da, agar tinchlikka erishilsa, va agar kim bo‘lishidan qat’i nazar, harbiy vositalar yordamida tinchlikni saqlash choralarini taklif qilsa, bu mandatning xususiyatiga, uning hajmiga, talablarga, shuningdek, hozirda urushayotgan tomonlarning roziligiga bog‘liq bo‘ladi», — dedi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari.

Yevropa Ukrainaga tinchlikparvarlarni yuborish mumkin deb hisoblayapti

Agar Kiyev va Moskva o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha biron-bir kelishuv tuzilsa, Yevropa davlatlari Ukrainaga o‘z qo‘shinlarini yuborishi mumkin. Bu haqda DW nashriga anonimlik sharti bilan ikki manba NATO tashqi ishlar vazirlarining 3-4 dekabr kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi kontekstida ma’lum qildi va ikkala holatda ham gap potensial kuzatuv missiyasi haqida ketayotganini bildirdi. Suhbatdoshlar fikricha, bunday qadam Yevropa davlatlarining Ukrainadagi kelishuv jarayoniga hissa qo‘shish variantlaridan biriga aylanishi mumkin, biroq ayni paytda tinchlikparvar qo‘shinlarni yuborish talabi Ukrainaning o‘zidan chiqishi kerak.

Bunday bayonotlar NATOga rasman berilmagan — na milliy darajada, na Shimoliy Atlantika alyansi darajasida. Taxminlarga ko‘ra, agar bunday missiya amalga oshirilsa, u butun NATO emas, balki faqat uzoq muddatda va alohida davlatlar nomidan bo‘ladi.

NATO bosh kotibi Mark Ryutte 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Ukrainada tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi qadamlardan biri sifatida ittifoqchi kuchlarning Ukraina hududida bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob bermadi. «Men alyansning har bir a’zosidan kelayotgan har bir yangilikka izoh bermoqchi emasman, chunki biz bor e’tiborni Ukraina muzokaralarni eng yaxshi tomondan boshlashiga qaratishimiz kerak deb o‘ylayman», dedi Ryutte. NATO rasmiylari ham bu mavzuga hozircha izoh bermagan.

Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy jurnalistlarga Ukraina hududidagi NATO qo‘shinlari haqida gapirishni istamasligini aytdi, uning lyuksemburglik hamkasbi Ksave Bettel esa «askarlar borishi - urush degani» dedi hamda Yevropa hukumatlari qanday qilib o‘z saylovchilariga urush olib borish qarorini tushuntirishi bo‘yicha shubha bildirdi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga yig‘ilishga yetib kelganidan so‘ng jurnalistlar oldida chiqish qildi, biroq ularning savollariga javob bermadi.

Mavzuga oid