RFning Zaporijjya va Kriviy Rigga zarbalari: kamida 12 qurbon
Mintaqalar ma’muriyatiga ko‘ra, Rossiyaning Zaporijjyani o‘qqa tutishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 19 kishi, jumladan, ikki bola yaralangan. Kriviy Rigda - ikki kishi halok bo‘ldi va 17 kishi yaralandi.Mintaqalar ma’muriyatiga ko‘ra, Rossiyaning Zaporijjyani o‘qqa tutishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgan, 19 kishi, jumladan, ikki bola yaralangan. Kriviy Rigda - ikki kishi halok bo‘ldi va 17 kishi yaralandi.
6 dekabr, juma kuni Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning sharqiy mintaqalari – Zaporijjya va Kriviy Rigga zarbalar berdi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari Telegram-kanallarida xabar tarqatdi.
«To‘qqiz kishi halok bo‘ldi, o‘n yetti kishi yaralandi, shu jumladan ikki bola — dushmanning Zaporijjyani o‘qqa tutishi qurbonlari soni ortdi», deb yozdi Zaporijjya oblast ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov Kiyev vaqti bilan soat 20.00 da. Telegramʼdagi yozuvlarga ko‘ra, zarbaning o‘zi ikki soat oldin sodir bo‘lgan.
Keyinroq 10 kishi halok bo‘lgani, 20 kishi yaralangani, qurbonlardan biri, 23 yoshli erkakning ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum bo‘ldi. «Texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi (TXS) vayron bo‘ldi, yaqin atrofdagi uylar va do‘konlarga zarar yetdi», deb yozadi Fedorov. Avvalroq Ukraina Bosh prokuraturasi 6 dekabr kuni taxminan soat 18.00da Rossiya armiyasi Zaporijjya rayonlaridan birini avianishonga olgani haqida xabar bergan edi.
Kriviy Rigda, Dnipropetrovsk oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning xabar berishicha, hujum nishoni uch qavatli ma’muriy bino bo‘lgan. Ikki kishi halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi, ulardan sakkiz nafari kasalxonaga yotqizildi.
Oblastning Nikopol, Marganets, Pokrov va boshqa kichik shaharlari ham rus qo‘shinlari tomonidan hujumga uchragan — ularda ikki kishi yaralangan. 13 ta xususiy uy, yettita xo‘jalik binosi, beshta garaj va uchta mashina shikastlangan, deb yozadi Lisak.
Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi 1000 kundan ortiq davom etayotgan tajovuzkor urushi boshlanganidan beri Rossiyaning Ukraina shaharlariga havo hujumlari deyarli har kuni sodir bo‘lyapti. Rossiya va uning qurolli kuchlari rasmiylari Rossiya armiyasi Ukrainadagi faqat harbiy nishonlarga hujum qilishini da’vo qilishda davom etmoqda, biroq bu da’volar mustaqil manbalar, jumladan jurnalistlar tomonidan bir necha bor rad etilgan.
Mavzuga oid
15:55 / 23.12.2024
The Insider: RF oligarxlari sanksiyalar ostida ham YeIda pul ishlashyapti
15:20 / 23.12.2024
Abxaziya «ma’muriyati»: RF elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi
12:19 / 23.12.2024
Ukraina ombudsmani: RF askarlari harbiy asirlarni otib tashladi
14:20 / 20.12.2024