Isroil Suriya dengiz flotini butunlay yo‘q qildi
Isroil qo‘shinlari «Suriya va Jo‘lan tepaliklari o‘rtasidagi» bufer zonani mustahkamlayotgani ta’kidlanmoqda.
Isroil Harbiy dengiz kuchlari 9 dekabr oqshomida o‘tkazilgan operatsiya davomida Suriya Harbiy dengiz kuchlarini yo‘q qildi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Israel Kats ma’lum qildi.
Isroil mudofaa vazirining aytishicha, Isroil qo‘shinlari «Suriya va Jo‘lan tepaliklari o‘rtasidagi» bufer zonani mustahkamlamoqda. Kats Isroilga har qanday tahdidning oldini olish uchun Suriya janubida Isroil kuchlarining doimiy ishtirokisiz «steril mudofaa zonasi» yaratishga chaqirdi.
Isroil qo‘shinlari, OAV xabarlariga ko‘ra, 9 dekabr kuni Suriyadagi, jumladan, Hama va Homs viloyatlari, shuningdek, Rossiya harbiy bazalari joylashgan Lazqiyadagi (Lataqiya) 250 dan ortiq harbiy obektlarga hujum qilgan.
Suriyaning Tartus shahrida joylashgan Rossiya harbiy kemalari Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng, bazani tark etib, O‘rtayer dengizida qirg‘oqdan 13 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Isroil armiyasi Suriyada Asad rejimining ag‘darilishi fonida Jo‘lan tepaliklaridagi bufer zonaga o‘z kuchlarini joylashtirdi. Isroil mudofaa kuchlari Isroil fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash uchun chegarani mustahkamlayotganini aytdi.
BMT Isroilni Suriyadagi harbiy amaliyotlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Mavzuga oid
16:50
Suriya adliya vaziri: Jinoyatga aloqadorlarning barchasi mustaqil sud oldida javob beradi
16:33
General-mayor Murhef Abu Qasra Suriya muvaqqat hukumati mudofaa vaziri etib tayinlandi
19:24 / 31.12.2024
Turkiya Suriyani elektr energiyasi bilan ta’minlashga va’da berdi
14:13 / 31.12.2024