Fan-texnika | 01:51 / 11.12.2024
10223
3 daqiqa o‘qiladi

Nobel mukofoti sovrindorlari taqdirlandi - fotosuratlar

Stokholm filarmoniyasida Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot va iqtisodiyot bo‘yicha 11 nafar Nobel laureatiga diplom hamda oltin medallarni topshirdi.

Marosim mehmonlari va 2024 yilgi Nobel laureatlari
Foto: Reuters

Joriy yilda mukofot puli 11 million shved kronasini (1 million dollarga yaqin) tashkil etdi. Tantanali marosim har yilgidek Alfred Nobel vafot etgan kun munosabati bilan 10 dekabr kuni tashkillashtirildi.

Nobel mukofotining 2024 yilgi sohiblari:

Nobel mukofoti laureatlari (chapdan o‘ngga): Viktor Ambros, Geri Ravkan, Xan Gan, Daron Ajyemo‘g‘li va Saymon Jonson
Foto: EPA

Tibbiyot bo‘yicha — amerikalik olimlar Viktor Ambros va Geri Ravkan (mikroRNKni kashf qilgani uchun);

Fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan britaniyalik Jyeffri Hinton 
Foto: Reuters
Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Jon Xopfild
Foto: EPA

Fizika bo‘yicha — amerikalik Jon Hopfild hamda britaniya-kanadalik Jyeffri Hinton (sun’iy neyron tarmoqlari yordamida Machine Learning‘ning asosini tashkil etuvchi fundamental kashfiyotlar va ixtirolar uchun);

Amerikalik Devid Beyker kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini qabul qilib olmoqda
Foto: EPA
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini, shuningdek, Jon Jamper va Demis Xassabis ham qo‘lga kiritdi
Foto: EPA

Kimyo bo‘yicha — Devid Beyker, Demis Xassabis va Jon Jamper (oqsilning uch o‘lchamli tuzilishi prognozi» va «oqsilning kompyuter dizayni uchun);

Janubiy koreyalik yozuvchi Xan Gan «tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini aks ettiruvchi kuchli she’riy nasri» uchun mukofotlandi.
Foto: Reuters

Adabiyot bo‘yicha — Janubiy koreyalik yozuvchi Han Kangga (tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan ta’sirli she’riy nasri uchun);

Foto: EPA

Tinchlik uchun — Nihon Hidankyo tashkilotiga (Hirosima va Nagasakidagi atom bombasidan omon qolganlarni birlashtirgani uchun);

Iqtisodiyot bo‘yicha — Daron Ajyemo‘g‘li, Saymon Jonson va Jyeyms Robinsonga (institutlarning shakllanish jarayonlari va ularning iqtisodiy farovonlikka ta’sirini tadqiq qilgani uchun).

Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav, shahzoda Daniel, qirolicha Silviya va valiahd malika Viktoriya marosimda
Foto: EPA

Nobel mukofotini birinchi topshirish marosimi 1901 yil 10 dekabrda o‘tkazilgan. Shundan buyon 1000 ga yaqin kishi va tashkilotlar uning laureatiga aylangan.

Foto: EPA

Taqdirlash marosimidan keyin mehmonlar an’naviy ravishda bayram banketiga, so‘ng Nobel baliga yo‘l oldi.

Foto: EPA

Yana bir tantanali marosim Osloda bo‘lib o‘tdi — tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Yaponiyaning Nihon Hidankyo tashkilotiga topshirildi.

Mavzuga oid